Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Nukusdagi namoyishga uzoq muddat tayyorgarlik ko‘rilganmi – Qoraqalpog‘istondagi huquq faollarining fikri eshitildi

Nukusdagi namoyishga uzoq muddat tayyorgarlik ko‘rilganmi – Qoraqalpog‘istondagi huquq faollarining fikri eshitildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2022 yil iyul oyida yuz bergan holatlar va voqealarni o‘rganish bo‘yicha Komissiya a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi huquq faollari Azimbay Ataniyazov va Arslanbay Utepov hamda "Fuqarolik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash" NNT QR bo‘limi boshlig‘i Gulsara Jollibekova bilan uchrashishdi. Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati xabar qildi.

O‘zaro muloqot davomida Qoraqalpog‘istondagi namoyishlar va uning kelib chiqishi sabablari bo‘yicha jamoatchilik fikrlari o‘rganildi.

Xususan, huquq faollari tomonidan Konstitusiyaviy islohotlar boshlanganidanoq kollmarkaz, Telegram-bot kanal va boshqa onlayn platformalar ishga tushirilgani va bu vositalarning barchasi aholining taklif va mulohazalarini bildirishlari uchun amalga oshirilgan zarur tadbirlar hisoblanishi qayd etildi. Umuman olganda aholiga o‘zining xohish-irodasini bildirishi uchun zarur chora-tadbirlar ko‘rilgani xususida fikr bildirildi.

Muhokamalar jarayonida fuqarolarni tashqi kuchlar tomonidan boshqarish hamda moliyalashtirish masalasi ham ko‘tarildi.

Shuningdek, namoyishchilarning ichki kechinmalari va aholini tinchlantirish uchun huquq tartibot idoralari tomonidan ko‘rilgan choralar bo‘yicha jamoatchilik fikri o‘rganildi. Bunda asosiy e’tibor inson huquqlarini buzish va shaxs erkinliklariga to‘sqinlik qiluvchi holatlarni aniqlashga qaratildi.

Namoyishga oldindan tayyorgarlik ko‘rilganmi yoki bu fuqarolarda to‘satdan norozilik kayfiyatining uyg‘onishi natijasida yuzaga kelgan holatmi? Mazkur masala atrofida qizg‘in muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, Komissiya a’zolari so‘nggi yillarda Qoraqalpog‘istondagi o‘zgarishlarga huquq faollarining fikrlari bilan ham qiziqishdi.

Uchrashuvda huquq faollari va NNT vakilining barcha fikrlari diqqat bilan tinglandi, kerakli ma’lumotlar olindi. Hozirda qo‘lga kiritilgan ma’lumotlar tegishli tartibda o‘rganilmoqda.

Kiritildi: 11:05 20.08.2022. O'qildi: 2679 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!