Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Nukusda texnopark tashkil etiladi

Nukusda texnopark tashkil etiladi

“Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Nukus texnoparki” maxsus sanoat zonasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–306-son, 06.07.2022 y.) qabul qilindi.

Qaror bilan “Nukus” erkin iqtisodiy zonasidagi 30 gektar bo‘sh yer maydonida “Nukus texnoparki” maxsus sanoat zonasi 30 yil muddatga tashkil etiladi.

⏩ Xalqaro standartlarga muvofiq energiya tejamkor ekologik xavfsiz ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish Texnopark faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

❕2023–2024 yillarga mo‘ljallangan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida Texnoparkning muhandislik-kommunikasiya infratuzilmasini rivojlantirish uchun markazlashtirilgan moliyalashtirish manbalari hisobidan kapital qo‘yilmalar limitlari ajratiladi.

☑️ Texnopark hududida mahalliy va xorijiy investorlar bilan uzoq muddatli o‘zaro manfaatli sheriklik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish orqali investisiya faoliyatini rag‘batlantirish va rivojlantirish choralari ko‘riladi.

Kiritildi: 10:42 07.07.2022. O'qildi: 1418 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!