Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Nukusda karantindan qochgan shaxs Buxoroda qo‘lga olindi

Nukusda karantindan qochgan shaxs Buxoroda qo‘lga olindi

Rossiya Federasiyasi orqali Moskva-Toshkent yo‘nalishidagi poyezd bilan Respublikamizga kirib kelgan fuqaro SH.R., Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida joylashgan “Dout ota” bojxona chegara postidagi tekshirish vaqtida, koronavirus (Covid-19) kasalligiga chalinganlikda gumonlanib, Qoraqalpog‘iston Resbuplikasi Nukus shahridagi “bolalar markaziy kasalxonasi”ning karantin bo‘limiga davolash maqsadida yotqizilgan bo‘lishiga qaramasdan epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini ko‘pol ravishda buzib, o‘zboshimchalik bilan 21 mart kuni kasalxonadan qochib ketganligi aniqlangan.

Olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida, fuqaro Shofirkon tumanida ushlangan.

Ushbu holat yuzasidan 21 mart kuni SH.R.,ga nisbatan Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 2571-moddasi (Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi prosessual tartibda ushlanganlar.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov Tergov departamenti tomonidan alohida nazoratga olingan.

Kiritildi: 09:33 23.03.2020. O'qildi: 3868 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!