Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Nukusda 55 metrlik ustunlarda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston bayroqlari o‘rnatildi

Nukusda 55 metrlik ustunlarda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston bayroqlari o‘rnatildi

18 avgust kuni Qoraqalpog‘iston poytaxti Nukusda balandligi 55 metr keladigan, yonma-yon joylashgan flagshtoklarda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston davlat bayroqlari hilpiray boshladi.

Bayroqlar o‘lchami 12 metrga 24 metrni tashkil qiladi. Bayroqlar I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi va shoir Ajiniyoz haykali oldida o‘rnatilgan.Bundan avvalroq muzey oldida "I love Nukus" yozuvi paydo bo‘lgandi. Iyul oyida Toshkentdagi Xalqlar do‘stligi maydonida 65 metrlik ustunda o‘lchami 10 metrga 20 metrlik O‘zbekiston bayrog‘i o‘rnatilgandi. 

Manba: kun.uz

Kiritildi: 07:45 20.08.2018. O'qildi: 1245 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!