Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Novosibirsk shahrida 9-qavatdan o‘zi tashlagan ayol o‘zbekistonlikmi?

Novosibirsk shahrida 9-qavatdan o‘zi tashlagan ayol o‘zbekistonlikmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya Federasiyasining Novosibirsk shahrida 9-qavatdan o‘zini tashlab yuborgan ayolning o‘zbekistonlik ekani to‘g‘risida tarqalgan xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Mazkur holat yuzasidan Novosibirsk shahridagi O‘zbekistonning Bosh konsulxonasi hamda Tashqi mehnat migrasiya agentligi vakolatxonasi Rossiyaning vakolatli organlariga murojaat qildi.

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu voqea 2021 yil 22 oktyabr kuni Novosibirsk shahrida sodir bo‘lgan va qo‘pqavatli uy derazasidan o‘zini tashlagan ayol O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi emasligi tasdiqlandi.

Kiritildi: 19:45 16.11.2021. O'qildi: 5177 marta. Fikrlar soni: 6 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!