Faqihul asr, Hazrati Aqdas muftiy Rashid Ahmad rahmatullohi alayh aytadilar:
"Hakimul ummat, Hazrati Ashraf Ali Tahanoviy rahmatullohi alayh aytadilarki, diniy ish uchun pul oluvchi, beruvchiga "rahmat" desa, tajriba shuki, aniq bilib oling, u biror diniy ishga sarf qilmaydi. Balki, o‘zi yeb ketadi. Shuning uchun rahmat deyapti.
Agar uning niyati diniy ishga sarf qilishlik bo‘lganda edi, u holda nega rahmat deydi? Unga siz nima ehson qildingiz. Balki, uning o‘zi sizga ehson qildi. Haqiqiy o‘rniga sarf qiluvchi, beruvchilarga rahmat demaydi."
("Maaldaaro‘n se muhabbat" – Boylarga muhabbat kitobidan. 8-bet.)
Manba: azon.uz