Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Noto‘g‘ri tashxis qo‘ygan shifokorlar xorazmlik ikki yoshli bolani o‘ldirib qo‘yishdi

Noto‘g‘ri tashxis qo‘ygan shifokorlar xorazmlik ikki yoshli bolani o‘ldirib qo‘yishdi

Insonlar salomatligini muhofaza qilish, ularning dardiga malham bo‘lish shifokor uchun g‘oyat muhim vazifadir. Afsuski ba’zi salomatlik posbonlari zimmasidagi hayot-mamot vazifaga befarq munosabatda bo‘lib, insonlar hayotini jiddiy xavf ostida qoldirishadi.

Xazorasplik oliy ma’lumotli shifokor MaqsudbekKarimov (aybdorning ismi-sharifishartli ravishda o‘zgartirilgan) ham ana shunday kechirilmas xatoga yo‘l qo‘ydi.   

Maqsudbek Karimov ushbu voqea sodir bo‘lgunga qadar Hazorasp tumani tibbiyot birlashmasining bolalar reanimasiya bo‘limi mas’ul xodimi hamda kunduzgi bolalar reanimatolog-shifokori lavozimida ishlab kelgan. 

U lavozim yo‘riqnomasiga muvofiq bo‘limdagi diagnostik davolash ishlari sifati va samaradorligi uchun shaxsan mas’ul bo‘la turib, bemorlarni davolashda tegishli soha mutaxassislarini jalb qilish asosiy vazifalaridan biri ekanligini bilsa-da, O‘zbekiston Respublikasi SSVning buyruq va ko‘rsatma talablarini qo‘pol ravishda buzdi. 

Ya’ni o‘tgan yilning 15 avgust kuni soat 07-20da tuman tibbiyot birlashmasi bolalar reanimasiya bo‘limiga og‘ir ahvolda olib kelingan Dilshodbek To‘xtaboyevni davolashda e’tiborsizlikka yo‘l qo‘ydi. 

U bemorni to‘liq tekshiruvdan o‘tkazmasdan noto‘g‘ri tashxis asosida muolajalar qildi va o‘z kasbi doirasidagi vazifalarni lozim darajada bajarmadi. 

Mutaxassis shifokorlar bilan maslahatlashmasdan, viloyatdan malakali do‘xtirlarni chaqirmasdan bemorning ahvoli yanada og‘irlashishiga hamda uning bevaqt o‘limiga sababchi bo‘ldi.

-Qizim farzandlarini mengatashlab, rossiyaga ishlashga ketdi,-deydi R. Matmuratova sudda bergan ko‘rsatmasida.-Bir kuni nevaramDilshodbek “Qornim og‘riyapti”, debqoldi. Darhol uni qishloq vrachlik ambulatoriyasiga olib bordim.

Shifokorlar uni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi va tuman markaziykasalxonasiga yo‘llanma berishdi. Bemorlarni qabul qilish bo‘limi shifokorlari Dilshodbekning ahvoli og‘irligi bois uni bolalar jonlantirish bo‘limiga yotqizishdi.

Oradan ikki kun o‘tgach, u vafot etdi.

Xullas, “Paralitik ichak tutilishi” tashxisi qo‘yilgan bemorikki soatdan so‘ng qayta jarroh ko‘rigidan o‘tkazilishi va aniq tashxis qo‘yilishi lozim edi. Ammo davolovchi shifokor Maqsudbek Karimov jarroh tavsiyasi bo‘yicha ish tutmasdan bemorni davolay boshlaydi. 

Ertasiga bemor D. To‘xtaboyevning ahvoli biroz yaxshilangandek bo‘ladi. Ammo kechqurunga borib yana dardi og‘irlashdi. Bundan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan shifokor davolashni yana davom ettirdi. Oradan ikki kun o‘tsa-da, Dilshodbekning sog‘ligida o‘zgarish bo‘lmadi. 

Shundan so‘ngbo‘lim shifokorlari viloyatdan bolalar jarrohini chaqirishdi. U bemorni ko‘zdan kechirgach, zudlik bilan jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi. Natijada bemor Dilshodbek To‘xtaboyevda “O‘tkir gangrenozli teshilgan appendisit. 

Tarqalgan febrinli yiringli peritonit, ichaklararo absess, abdominal sepsis, ichaklar parezi III-daraja, intoksikasiya” tashxisi aniqlangan.

Afsuski bemor o‘z vaqtida tegishli mutaxassis shifokorlar ko‘rigidan o‘tkazilmagani hamda aniq tashxis qo‘yilmagani oqibatida undagi kasallikning og‘irlashishi kuzatilgan va bemor jarrohlik amaliyotidan so‘ng vafot etgan.

“Yaxshi shifokor ma’lum dardlarning shifosini biladigan, agar o‘ziga noma’lum kasallik bo‘lsa, bemorga yordami tegadiganlarni chaqiradigan kishidir”, deb yozgandi fransuz yozuvchisi Jan de Labryuyer. 

Afsuski shifokor Maqsudbek Karimov bunday yo‘l tutmadi va ko‘ngilsiz voqea sababchisiga aylandi. 

O‘z burchiga, qasamyodiga sodiqlikni unutgan bu salomatlik posbonining jinoiy harakatlari tergov va sud jarayonlarida, guvohlarning ko‘rsatmalarida o‘z aksini topdi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Hazorasp tumani sudi bemor Dilshodbek To‘xtaboyevning bevaqt o‘limi bilan bog‘liq bo‘lgan jinoiy ishni atroflicha muhokama etib, aybdorga nisbatan qonunda belgilangan tartibda jazo tayinladi.

Ayblanuvchi Maqsudbek KarimovO‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining tegishli moddasiga muvofiq 3 yil reanimatolog shifokor faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilinib, 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilindi.
 
Jinoyat ishlari bo‘yicha Xazorasp tuman sudida ko‘rilgan va "Jahon.uz" nashrida bo‘lgan jinoyat ishi Tuman sudi raisi Akbar Aminov tomonidan ko‘rildi.                         

Kiritildi: 22:39 01.06.2019. O'qildi: 3319 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!