Xabaringiz bor, bugun Angliya Premyer-ligasining 18-turida Xosep Gvardiola boshchiligidagi "Manchester Siti" safarda "Nottingem Forest" bilan kuch sinashadi. Ushbu to‘qnashuvdan avval ayrim nashrlar bellashuv uchun "shaharliklar"ning taxminiy tarkibini e’lon qildi.
Ko‘plab ishonchli nashrlar - "Sports Mole", "London Evening Standard", "Sportsgambier", "Fotmob" va "Sportingnews" bugungi to‘qnashuvda Gvardiola rotasiya qilmoqchi emasligini va odatdagidek futbolchilar bugun ham asosiyda tushishini taxmin qilmoqda:
Donnarumma, O‘Rayli, Gvardiol, Diash, Nunesh, Reynders, Niko, Silva, Foden, Sherki, Xoland.
Eslatib o‘tamiz, bugungi bellashuv Toshkent vaqti bilan 17:30’da start oladi.