Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Notarius pasportga oid ma’lumotlarni mustaqil tekshiradi

A A A
Notarius pasportga oid ma’lumotlarni mustaqil tekshiradi

2018 yil 14 sentyabrdagi hukumat qarori bilan notarial harakatlarni amalga oshirishda biometrik va pasportga oid ma’lumotlarini tekshirishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. 

“Huquqiy axborot” kanalining yozishicha, unga ko‘ra, 2019 yil 1 yanvardan boshlab:

Notarial harakatni amalga oshirish uchun davlat notarial idoralariga murojaat qilgan shaxsga oid ma’lumotlar notariuslar tomonidan barmoq izlarini skaner qilish va ularni pasportdagi (fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning biometrik harakatlanish hujjatidagi) biometrik ma’lumotlar bilan solishtirish orqali mustaqil tekshiriladi.

Bunda notarius biometrik, shuningdek pasport ma’lumotlarini tekshirish uchun idoralararo elektron tizim orqali so‘rov yuboradi.

Vakolatli organ notarius so‘rovnomasiga asosan ma’lumotlarni real vaqt rejimida elektron shaklda taqdim etadi.

Mazkur jarayonni amalga oshirish notarial harakat turiga qarab 15-30 daqiqa ichida amalga oshiriladi. 

Manba: kun.uz

Kiritildi: 14:49 17.09.2018. O'qildi: 1475 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik