Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Nostradamus bashorati: SSSR 2020 yilda qayta tiklanadi, Xitoy esa...

Nostradamus bashorati: SSSR 2020 yilda qayta tiklanadi, Xitoy esa...

Tadqiqotchi Dmitriy Zima Mishel Nostradamusning aqlga sig‘mas bashoratlaridan birni bilishga muvaffaq bo‘ldi. "Shifrlangan Nostradamus" kitobining muallifi astrolog Dmitriy Zima taniqli fransuz bashoratchisining 2020 yilga mo‘ljallangan taxminlarini taqdim etdi, deydi “esoreiter.ru”.

Zimaning ta’kidlashicha, Nostradamusning bashoratlari orasida ilgari SSSR tarkibiga kirgan respublikalarning birlashishi haqida ma’lumotlar bor ekan. Ushbu jarayon 2020 yilda boshlanishi yozib o‘tilgan.

Tadqiqotchining so‘zlariga ko‘ra, 2020 yilda insoniyatni "yangi oltin asr" kutmoqda, bu davrda davlatlar o‘rtasidagi chegaralar yo‘qoladi. Biroq bundan oldin sobiq ittifoq respublikalari yana birlashadilar.

Xitoyning esa kelgusi voqealardagi roli uning o‘sib borayotgan moliyaviy va siyosiy kuchiga qaramay unchalik katta bo‘lmaydi.

Zimaning so‘zlariga ko‘ra, Nostradamusning bashoratida anglo-sakslar va ruslar o‘rtasidagi tobora kuchayib borayotgan mojaro aniq ko‘rsatib o‘tilgan. Oxir oqibat, bu qarama-qarshilik butun insoniyatning kelajagini belgilaydi. Bundan tashqari, ushbu mojaroda Yevropaning roli shunchalik kichikki, unga ta’sir o‘tkaza olmaydi.

Ba’zi tadqiqotchilarning fikricha, Rossiya va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi mojaro diplomatik maydonda allaqachon sezilmoqda. Faqatgina Britaniyaning Yevroittifoq tarkibidan chiqish jarayoni uzoq davom etayotgani to‘qnashuvning yanada avj olishiga yo‘l qo‘ymayotgan ekan.

Kiritildi: 22:45 06.12.2019. O'qildi: 20611 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!