Bugun 22 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Norvegiyadan Ispaniyaga uchgan samolyot avariyaviy qo‘nishga majbur bo‘ldi

Norvegiyadan Ispaniyaga uchgan samolyot avariyaviy qo‘nishga majbur bo‘ldi

Scandinavian Airlines (SAS) aviakompaniyasi reyslaridan biri sichqon sabab avariyaviy qo‘nishni amalga oshirishga majbur bo‘ldi, deb xabar beradi BBC.

Ma’lum qilinishicha, samolyot Norvegiya poytaxti Oslodan Malagaga (Ispaniya) uchayotgan bo‘lgan va Kopengagenda (Daniya) avariyaviy qo‘nishni amalga oshirgan. Aviakompaniya vakili Oysteyn Shmidtning so‘zlariga ko‘ra, kemiruvchi xavfsizlikka tahdid tug‘dirgani uchun havo kemasi kompaniya tartib-qoidasiga muvofiq yo‘nalishini o‘zgartirgan.

Reys yo‘lovchilari keyinroq Malagaga boshqa bir samolyotda yetkazilgan.

Qayd etilishicha, aviakompaniya odatda samolyot bortiga kemiruvchilarning yaqinlashishiga qattiq turadi, chunki ular elektr simlarini kemirib tashlashi mumkin. «Bu kamdan kam hollarda ro‘y beradi. Bunday vaziyatlar uchun tegishli qoidalarimiz bor bo‘lib, uning doirasida mazkur holat qaytarilmasligi uchun yetkazib beruvchilar bilan birga tekshiruvlar olib boriladi», — deydi Shmidt.

Kiritildi: 23:58 21.09.2024. O'qildi: 186 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!