Bugun 14 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Norvegiya Ukrainaga 1 milliard yevro yordam berishga va’da bermoqda

A A A
Norvegiya Ukrainaga 1 milliard yevro yordam berishga va’da bermoqda

Norvegiya bosh vaziri Yonas Gar Stere Kiyevda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashib, “muhtoj odamlarga yordam berish va Ukrainani qayta tiklash choralarini qo‘llab-quvvatlash”ga bir milliard yevro berishga va’da berdi.

"Besh oylik dahshatli urushdan so‘ng Norvegiya Ukraina xalqiga o‘z birdamligini va’da qilishini aytish uchun bugun Kiyevga keldim. Va biz 2022 yil oxirigacha va 2023 yilgacha mamlakatingiz va xalqingizni qo‘llab-quvvatlash uchun bir milliard yevro ajratishga va’da beramiz", - deb iqtibos keltiradi CNN.

Zelenskiy Norvegiya bosh vaziriga minnatdorchilik bildirdi. “Biz Yonas Gar Stere bilan tajovuzkorga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirish, mudofaani yanada qo‘llab-quvvatlashni muhokama qildik. Urushdan keyin davlatimizni tiklash masalasiga to‘xtaldik."

Kiritildi: 09:46 02.07.2022. O'qildi: 2551 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!