Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Norvegiya qiroli Xarald Vning ahvoli og‘irlashdi

Norvegiya qiroli Xarald Vning ahvoli og‘irlashdi

Norvegiya qiroli, 89 yoshli Xarald Vning sog‘lig‘i dam olish kunlari shifoxonada davolanayotgan paytida yomonlashdi. Bu haqda Reuters qirollik saroyiga tayanib xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, monarx 17 avgust, dushanba kuni shifoxonaga yotqizilgan. U kamqonlikdan davolanayotgan edi.

"Qirol hazratlari qonda aniqlangan bakterial infeksiya sababli antibiotiklar qabul qilmoqda va davolashga ijobiy javob bermoqda", — deyiladi saroy bayonotida.

Qirollik saroyi Xarald Vning hozirgi holati barqaror deb baholanayotganini qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: 23:50 23.08.2026. O'qildi: 807 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik