Bugun 15 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Noqonuniy dollarfurushlar 8 yilgacha qamoq jazosiga mahkum bo‘ladi

Noqonuniy dollarfurushlar 8 yilgacha qamoq jazosiga mahkum bo‘ladi

O‘zbekistonda valyuta qimmatliklarini noqonuniy tarzda sotish yoki sotib olish bilan shug‘ullanadigan shaxslar avval ma’muriy javobgarlikka, keyin esa jinoiy javobgarlikka tortiladi. Endi bunday harakatlarni qayta sodir etganlar 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Oliy sud Plenumining 2015 yil 13 noyabrdagi 18-sonli va 2016 yil 29 iyuldagi 13-sonli qarorlariga muvofiq, valyuta qimmatliklarini noqonuniy tarzda olish yoki o‘tkazish bo‘yicha huquqbuzarliklar jiddiy ravishda nazoratga olingan. Ushbu qarorlar asosida ko‘chada dollar maydalovchi shaxslar avval ma’muriy javobgarlikka tortiladi: 15 sutkaga qamoq yoki 7 mln 500 ming so‘mgacha jarima jazosi belgilangan.

Biroq, shunday huquqbuzarlikni qayta sodir etgan shaxslar uchun jazo ancha og‘irlashadi. Qonunga muvofiq, ular O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177-moddasiga asosan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Shuningdek, valyuta maydalashda foydalanilgan yoki olingan pul mablag‘lari davlat foydasiga musodara qilinadi.

Mutasaddi organlar ta’kidlashicha, noqonuniy valyuta operasiyalari faqat iqtisodiy emas, balki huquqiy va moliyaviy xavflarni ham keltirib chiqaradi.

Huquqshunoslarning ta’kidlashicha, «men faqat maydalatdim» degan bahona jazodan ozod qilmaydi. Har qanday noqonuniy valyuta aylanmasi fuqaroni javobgarlikka tortishi mumkin.

Kiritildi: 18:31 13.06.2025. O'qildi: 601 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!