Bugun 24 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Nokia’dan ikkita noma’lum smartfon

A A A
Nokia’dan ikkita noma’lum smartfon

HMD Global kompaniyasi yaqinda Nokia 2.1, Nokia 3.1 va Nokia 5.1 smartfonlarini namoyish qildi va yana bir global versiya – Nokia X6’ ni taqdim etishga hozirlik ko‘rmoqda. Endi esa kompaniyaning yana bir nechta qurilmalari haqida turli mish-mishlar urchimoqda. 

Gap shundaki, yaqinda kompaniyaning ikkita smartfoni Eurasian Economic Commission (ECC) da sertifikasiyadan o‘tdi. Ikkala model  ham 4 iyul kuni byuroning ma’lumotlar bazasiga kiritilgan. Hujjatda qayd etilishicha, yangi qurilmalar TA-1087 va TA-1119 kameralari bilan ta’minlangan. Afsuski, qurilmalarning muhim jihatlari, taqdimot sanasi va nima deb atalishi haqida hech qanday yangilik yo‘q.

Faqat ularning bittasi  Nokia 9 bo‘lishi mumkinligi haqida farazlar bor, chunki bu haqda yaqinda insayder Roland Kuant (Roland Quandt) yozgandi. Devays  Snapdragon 845 prosessori, romsiz OLED-displeyi va ekran ostida barmoq izlari skaneri bilan ta’minlanadi.

Manba: terabayt.uz

Kiritildi: 13:25 07.07.2018. O'qildi: 1459 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik