Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Nobel mukofoti sovrindori: "Saratonni yengib bo‘lmaydi"

Nobel mukofoti sovrindori: "Saratonni yengib bo‘lmaydi"

Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Tomas Lindal saraton kasalligi qayerdan paydo bo‘lishini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, saraton kasalligining asosiy sababi nurlanish (radiasiya), ultrabinafsha nurlar yoki kanserogenlar emas, balki tirik hujayrada sodir bo‘ladigan tabiiy jarayonlardir.

Hujayra hayotiyligi davomida ko‘plab jarayonlar sodir bo‘ladi va ulardan ikkitasi: kislorod molekulalari va uning agressiv birikmalarining yadroga kirib borishi hamda DNK spiralida suv molekulalarining harakatlanishi hisoblanadi.

Kislorod va suv inson organizmida muhim rol o‘ynaydi va shu bilan bir qatorda suv hamda gidrolizning agressiv birikuvi rakka olib keladi. Bu faktorlarni inkor etib bo‘lmaydi va shuning uchun prinsipial jihatdan saratonni yengib bo‘lmaydi.

Siz faqat o‘smalarni eng samarali va xavfsiz ravishda yo‘q qiladigan dorilarni yaratishingiz mumkin, shuningdek saratonni keltirib chiqaradigan boshqa omillarni kamaytira olasiz: masalan, chekishni to‘xtatishingiz mumkin, chunki sigaret tutuni ham hujayralar yashovchanligiga jiddiy ta’sir qiladi.

Tomas Lindal 2015 yilda amerikalik hamkasblari Pol Modrich va Aziz Sanjar bilan birgalikda hujayralar darajasida genetik kodni «ta’mirlagan»i uchun Nobel mukofoti sovrindori bo‘lgan edi.

Kiritildi: 06:26 15.10.2019. O'qildi: 3143 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!