Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Nimalar bo‘lyapti: Farg‘onada yana bir zo‘ravon hokim chiqdi

Nimalar bo‘lyapti: Farg‘onada yana bir zo‘ravon hokim chiqdi

Dang‘ara tumani hokimi Saidmurod Aminjonov har dushanba yig‘ilish o‘tkazib, gapni ta’lim xodimlarini kamsitish va haqorat qilishdan boshlaydi.

Bu haqda Xalq ta’limi vazirligiga qarashli «Ma’rifat» gazetasining onlayn nashri vazirlikka asoslanib xabar bergan.

Ma’lum bo‘lishicha, vazirlik vakillari tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri Alimardon Sodiqov bilan suhbat qilgan. Suhbatda yig‘ilishlarda hokim muntazam ravishda uni kamsitib, haqoratlagani, «mudirlik senga qolgani yo‘q» deb so‘kib haydagani aytilgan.

Shu sababli u 24 sentyabr kuni viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i M.Turdimatov huzuriga borib, egallab turgan lavozimidan o‘z xohishiga ko‘ra ozod etishni so‘ragan. O‘sha kundan boshlab A.Sodiqov ishga chiqmagan.

O‘sha kunlari Farg‘ona viloyati hokimi yig‘ilishiga ketayotganda maktab direktor o‘rinbosarlari avariyaga uchrab, halok bo‘lishgandi. Ichki ishlar vazirligi keyinchalik ularning yig‘ilishga emas, o‘z yumushi bilan yo‘lga chiqqanini iddao qilgandi.

Xodimlari YTHga uchraganini eshitib, XTB mudiri zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan. U maktab direktorlari dafn marosimlarida qatnashgan va xodimlarning Farg‘ona shahriga borishlari yuzasidan topshiriq bergan tuman hokimligi mutasaddilari voqea joyiga kelishmaganini ma’lum qilgan.

Kiritildi: 11:01 12.10.2019. O'qildi: 9319 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!