Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Nima uchun Qur’onda barmoq uchlari eslatilgan?

Nima uchun Qur’onda barmoq uchlari eslatilgan?

Alloh taolo Qur’oni Karimning Qiyomat surasida shunday marhamat qiladi:

«Qiyomat kuni bilan qasam. Va malomatchi nafs bilan qasam. Inson Bizni uning suyaklarini jamlay olmas, deb o‘ylarmi? Aksincha, uning barmoq uchlarini ham tiklashga qodirmiz» (1-4-oyatlar).

Shu yerda mulohaza qilinadi: xo‘sh, nima uchun insonning boshqa a’zolari emas, aynan barmoq uchi? Buning sababi shuki, insonning boshqa a’zolari – ko‘zmi, burunmi yoki boshqa a’zolarmi, ikkinchi bir insonnikiga o‘xshashi mumkin. Barmoq uchlari esa takrorlanmas, hech kimniki boshqa birovnikiga o‘xshamas ekan. Demak, Alloh dunyoda o‘tgan barcha insonlarning son-sanoqsiz barmoqlarini ham qiyomat kuni dunyoda qanday bo‘lsa, shunday holga keltira olishini ta’kidlamoqda. Barmoqlarning bu xususiyati yaqin-yaqinlargacha hech kimga ma’lum emas edi. 1884 yilda Angliyada kishilarga imzo chekish o‘rniga barmog‘ini bosish joriy qilingandan so‘ng hech bir insonning barmoq izlari boshqa birovnikiga o‘xshamasligi ayon bo‘ldi.

Manba: islom.uz

Kiritildi: 10:54 13.06.2019. O'qildi: 4689 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!