Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Nima uchun AQSh va Kanada chegaralari tekis to‘g‘ri chiziqdan iborat?

Nima uchun AQSh va Kanada chegaralari tekis to‘g‘ri chiziqdan iborat?

AQSh va Kanada o‘rtasidagi chegaralar tekis to‘g‘ri chiziqligi bilan boshqalaridan farq qiladi. Dunyoning biron bir davlatlar orasida bunday chegara mutanosibligi uchramaydi.

XV asr oxirida ispanlar hozirgi Meksika hududi va uning janubiy sarhadlarini ishg‘ol qilgan bo‘lib, Shimoliy Amerikaning qolgan qismini inglizlar va fransuzlar o‘z ta’sir doiralari ostiga olgan.

1818 yilda anglo-amerika konvensiyasi imzolanishi bilan chegara masalasi hal qilingan. Tomonlar 49 parallel bo‘yicha suv va quruqlikdan chegaralarini aniqlashtirib olgan.

Chegara Era ko‘lidan boshlab, sharqiy tog‘lar va g‘arbiy sarhadlarga qadar 49 gradus shimoliy kenglik bo‘ylab tekis chegara chiziqlarini yuzaga keltirgan.

Bugun AQSh va Kanada chegarachilar va harbiylar shart bo‘lmagan dunyodagi chegaradosh davlatlardan biri hisoblanadi. Chunki yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari chegara ustunlari, qo‘riqlash va nazorat-o‘tish punktlari o‘rnatishga zaruriyat tug‘dirmadi. 
 

Kiritildi: 12:55 08.08.2020. O'qildi: 5708 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!