Nigeriyaning janubidagi Maradi provinsiyasida vabo epidemiyasining keng tarqalgani qayd etilgan, qurbonlar soni 55 kishiga yetgan. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.
BMTning Insonparvarlik masalalarini muvofiqlashtirish boshqarmasi bayonotiga ko‘ra, 2018 yilning 5 iyulidan 10 sentyabrigacha bo‘lgan davrda 2752 ta vabo bilan kasallanish holati qayd etilgan, ularning 55 tasi o‘lim bilan tugagan.
Ta’kidlanishicha, bemorlarning 55 foizini ayollar tashkil qiladi.
Manba: daryo.uz