Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Nigeriyada “qora juma” atamasi taqiqlandi

Nigeriyada “qora juma” atamasi taqiqlandi

“Ommaviy axborot vositalari hamda do‘konlarda "Qora juma" atamasi ishlatilmasligi kerak”, deya ogohlantirdi Nigeriya shimolidagi Kano shtati islomiy polisiyasi, deb xabar bermoqda “BBC”.

Huquq-tartibot idoralari xodimlarining fikriga ko‘ra, "Qora juma" atamasi musulmonlar uchun haqoratli, zero, juma haftaning muqaddas kunidir.

"Shuni esda tutingki, polisiya har qanday axloqsiz harakatlarni nazorat qilish va oldini olish uchun, shuningdek, davlatda tinchlik, totuvlik va barqarorlikni saqlash uchun yonimizda bo‘ladi", deyiladi “Cool FM” radiostansiyasiga yuborilgan xatlardan birida.

“BBC” ushbu tavsiyani buzganlar qanday jazolanishi aniq emasligini ta’kidlamoqda.

Kiritildi: 22:00 30.11.2020. O'qildi: 1957 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!