Bugun 4 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Nigeriyada avtohalokatda 21 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada avtohalokatda 21 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyaning Plato shtatida yirik yo‘l-transport hodisasi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi.

Channels Television xabariga ko‘ra, baxtsiz hodisa 2 oktyabr kuni kechqurun Riom tumanidagi Xavan - Kibo yo‘lida sodir bo‘lgan.

Nigeriya Federal yo‘l harakati xavfsizligi korpusining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, yuk mashinasining tormozlari ishlamay qolgan va u bir nechta transport vositalariga urilgan.

Baxtsiz hodisada yuk mashinasi, avtobus va motosikl ishtirok etgan. To‘qnashuvdan so‘ng avtobus yonib ketgan va bir nechta yo‘lovchilar qisilib qolgan.

Kiritildi: Bugun 09:55. O'qildi: 160 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!