Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Nigeriyada 3 kun ichida 500 dan ortiq maktab o‘quvchilari o‘g‘irlab ketildi

A A A
Nigeriyada 3 kun ichida 500 dan ortiq maktab o‘quvchilari o‘g‘irlab ketildi

Nigeriyada 6 martdan 9 martgacha terrorchilar va qurolli guruhlar a’zolari 500 dan ortiq tinch aholini, asosan maktab o‘quvchilarini o‘g‘irlab ketishdi. Biroq hukumat xavfsizlik muammolariga yechim topa olmayapti.

Bu davrda Borno, Kaduna, Benue va Sokoto shtatlarida uyushtirilgan hujumlarda ko‘plab insonlar halok bo‘ldi.

Birinchi hujum 6-9 mart kunlari terror tashkiloti Boko Haram tomonidan amalga oshirilgan edi. Jangarilar 6 mart kuni Borno shahrida o‘nlab tinch aholini o‘g‘irlab ketgan edi. Ma’lum qilinishicha, qochqinlar lageri aholisi - ayollar va bolalar o‘tin terib yurgan o‘rmonda o‘g‘irlab ketilgan.

Hukumat aniq qancha odam o‘g‘irlanganiga aniqlik kiritmadi. Nigeriyaning Daily Trust gazetasining BMT vakili Muhammad Malikka tayanib xabar berishicha, 200 kishi o‘g‘irlab ketilgan.

7 mart kuni noma’lum qurolli shaxslar Kaduna shtatida 312 maktab o‘quvchisini, jumladan 187 boshlang‘ich va 125 o‘rta maktab o‘quvchilarini o‘g‘irlab ketishgan. Keyinchalik ularning 25 nafari qochib, qaytishga muvaffaq bo‘lgan, biroq 287 kishining taqdiri hozircha noma’lum. O‘g‘irlab ketilganlar orasida o‘qituvchilar ham bor.

8 mart kuni qurolli shaxslar Nigeriya janubidagi Benue shtatidagi jamoaga hujum qilib, 16 kishini o‘ldirgan va kamida 40 kishini o‘g‘irlab ketgan.

So‘nggi hujum 9 mart kuni Sokoto shtatida sodir bo‘lgan. Qurolli shaxslar maktabga hujum qilib, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 15 nafar o‘quvchini o‘g‘irlab ketishgan.

Hujum ortidan xavfsizlik kuchlari jinoyatchilarni qo‘lga olish uchun operasiya boshladi. Afrika Ittifoqi (AfU) hujumlarni qoraladi va o‘g‘irlanganlarni ozod qilishga chaqirdi.

O‘g‘irlangan maktab o‘quvchilarining oilalari Nigeriya hukumatidan ularning farzandlarini qutqarish uchun chora ko‘rishni talab qilmoqda.

Kiritildi: 19:16 12.03.2024. O'qildi: 1286 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!