Bugun 5 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Neyrojarroh Baydenga kognitiv va nevrologik tekshiruvdan o‘tishni taklif qildi

Neyrojarroh Baydenga kognitiv va nevrologik tekshiruvdan o‘tishni taklif qildi

AQSh prezidenti Jo Baydenni sinchkovlik bilan kognitiv va nevrologik tekshiruvdan o‘tkazish va natijalarini e’lon qilish vaqti keldi, deb hisoblaydi CNN'ning ekspertlaridan biri bo‘lgan neyroxirurg Sanjay Gupta.

Gupta Baydenni miya ishiga ixtisoslashgan odam sifatida kuzatish unga qiziq bo‘lganini ta’kidladi. Jarroh o‘zi va hamkasblarining prezidentga «nevrologik nuqtayi nazardan» e’tirozlari borligini tan oldi.

«Nutqining tuturiqsizligi, gaplarning o‘rtasida to‘satdan diqqatni yo‘qotib qo‘yishi, nutqning tutilib qolishi va yuz ifodasining yo‘qligi bizni xavotirga solardi,» - deb yozgan Gupta.

Neyrojarrohga murojaat qilgan shifokorlar «prezidentga kognitiv va harakat buzilishlarini aniqlash uchun batafsil testdan o‘tishni taklif qilish kerak,» degan yagona fikrga kelishdi, dedi u.

«Bu natijalar jamoatchilikka ochiq bo‘lishi kerak,» - dedi u.

Kiritildi: 17:59 06.07.2024. O'qildi: 1149 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!