"Santos" hujumchisi Neymarda 2026 yilgi Jahon chempionatiga yaxshi formada yetib borishga yordam beradigan maxsus reja mavjud. Bu haqda Globo Esporte xabar bermoqda.
Neymar formada qolishi uchun uning yuklamasi nazorat qilinadi. Braziliya terma jamoasining mundial uchun tarkibi e’lon qilinishigacha (18 may) "Santos" 14 ta o‘yin o‘tkazadi va futbolchi ularning kamida yarmida maydonga tushishi kerak. Agar 34 yoshli hujumchi terma jamoaga chaqirilsa, u mundial oldidan jarohat olmaslik uchun "Santos" safida boshqa o‘ynamaydi.
Shuning uchun Neymar klubning bir nechta o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi. Bunga sabab uzoq safar va dengiz sathidan balandlik sabab hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, "pentakampeonlar" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti uni mart oyidagi terma jamoa yiginiga jalb qilmadi.