Bugun 30 iyul, 2026 yil, payshanba

КИР

Neymar Braziliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Neymar Braziliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

"Santos" hujumchisi Neymar Braziliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. 34 yoshli futbolchi "Selesao"ning eng yaxshi to‘purari bo‘lib, 2010-yildan beri milliy terma jamoa safida 130 ta o‘yin o‘tkazgan, 80 ta gol urgan va 59 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

"Menimcha, Braziliya terma jamoasi bilan bo‘lgan hikoyam tugadi. Men terma jamoaga borimni berdim. Butun qalbimni va butun hayotimni bag‘ishladim, lekin endi buni qilishni xohlamayman deb o‘ylayman", - deb yozdi Neymar ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

2026-yilgi Jahon chempionatida Braziliya 1/8 finalda Norvegiyaga 2:1 hisobida yutqazib, musobaqani tark etgandi. Neymar mazkur musobaqada 2ta o‘yinda zaxiradan maydonga tushdi va 1ta gol kiritdi. U maydonda jami atigi 38 daqiqa vaqt o‘tkazdi.

Kiritildi: 15:45 29.07.2026. O'qildi: 610 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!