Bugun 1 iyun, 2026 yil, dushanba

КИР

Netanyaxu va Tramp telefon orqali muzokara o‘tkazdi

Netanyaxu va Tramp telefon orqali muzokara o‘tkazdi

Sky News Arabia xabar berishicha, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va AQSh prezidenti Donald Tramp telefon orqali muloqot qildi.

Kanal ma’lumotiga ko‘ra, ikki yetakchi Isroilning Livandagi harbiy operasiyalari hamda Eronning AQSh bilan muzokaralarni davom ettirishdan bosh tortgani masalalarini muhokama qilgan.

Avvalroq Tramp Eronning Vashington bilan muzokaralarni to‘xtatish haqidagi qarori yuzasidan oldindan xabardor qilinmaganini aytgan edi.

Shu bilan birga, AQSh rahbari muzokaralar to‘xtashi mojaroning yanada keskinlashishini anglatmasligini ta’kidladi.

So‘nggi haftalarda Yaqin Sharqdagi vaziyat, xususan, Isroil–Livan yo‘nalishidagi keskinlik va Eron atrofidagi diplomatik jarayonlar Vashington hamda Tel-Aviv o‘rtasidagi maslahatlashuvlarni yanada faollashtirgan.

Kiritildi: Bugun 23:02. O'qildi: 131 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!