Bugun 18 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Netanyaxu va Tramp Eron atrofidagi vaziyatni muhokama qildi

Netanyaxu va Tramp Eron atrofidagi vaziyatni muhokama qildi

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali suhbatlashdi.

Bu haqda Ynet nashri Netanyaxuning idorasiga tayanib ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, suhbat Isroil Vazirlar Mahkamasining xavfsizlik yig‘ilishi boshlanishidan oldin bo‘lib o‘tgan va yarim soatdan ko‘proq davom etgan.

"Tramp Netanyaxuga Xitoyga tashrifi natijalari haqida ma’lumot berdi va ular Eron atrofidagi vaziyatni ham muhokama qilishdi", deyiladi bayonotda.

Bayonotda shuningdek, ikki tomon Eronga zarbalarni qayta boshlash imkoniyatini muhokama qilgani aniqlik kiritildi. "Tramp qaror qabul qilishi kerak. Agar u harbiy harakatlarni qayta boshlashga qaror qilsa, ehtimol Isroil ham bunga qo‘shiladi", deyiladi bayonotda.

Kiritildi: Bugun 10:11. O'qildi: 277 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!