Bugun 8 fevral, 2026 yil, yakshanba

КИР

Netanyaxu Tramp bilan 11 fevral kuni AQShda uchrashadi

Netanyaxu Tramp bilan 11 fevral kuni AQShda uchrashadi

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu kelasi hafta Qo‘shma Shtatlarga yana bir tashrif bilan jo‘nab ketadi.

Bu haqda Bosh vazir devoni ma’lum qildi.

Bayonotga ko‘ra, Netanyaxu va AQSh prezidenti Donald Tramp 11 fevral kuni Vashingtonda AQSH-Eron muzokaralarini muhokama qilishadi.

"Bosh vazir har qanday muzokaralar, albatta, [Eronning] ballistik raketa arsenalini cheklash va Eron o‘qini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatish mavzularini o‘z ichiga olishi kerak, deb hisoblaydi", deyiladi bayonotda.

Shuni ta’kidlash kerakki, Eron va AQSh juma kuni Ummon poytaxti Maskatda Tehronning yadroviy dasturi atrofidagi inqirozni hal qilish bo‘yicha muzokaralarni qayta boshladilar. Eron delegasiyasiga tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chi, AQSh delegasiyasiga esa prezidentning maxsus elchisi Stiv Uitkoff boshchilik qildi. Ummon tashqi ishlar vaziri Badr al-Busaidining so‘zlariga ko‘ra, Tehron va Vashington delegasiyalari Maskatda Eron yadroviy dasturi bo‘yicha juda jiddiy maslahatlashuvlar o‘tkazdilar va muloqotni davom ettirish niyatida.

Kiritildi: Bugun 10:20. O'qildi: 246 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!