Isroil Mudofaa Kuchlari Bosh vazir Benyamin Netanyaxu va Mudofaa vaziri Israel Kasning buyruqlariga binoan Livanga zarbalarni to‘xtatmoqda.
Bu haqda Isroilning N12 kanali manbaga tayanib xabar berdi.
"Isroil Livanda o‘t ochishni to‘xtatish buyrug‘ini oldi. Isroil qo‘shinlari Sariq chiziq ichida qoladi va agar "Hizbulloh" kelishuvni buzmasa, Isroil ham hujumkor faoliyatni to‘xtatadi", deyiladi bayonotda.
Xabarga ko‘ra, bu qaror Isroil va AQSh siyosiy rahbariyati o‘rtasidagi kelishuvdan so‘ng, Netanyaxu "Hizbulloh"ning sulhni buzgani sababli Livanga zarbalarni kuchaytirishni buyurganidan bir kun o‘tib qabul qilindi. So‘nggi 24 soat ichida AQSh prezidenti Donald Tramp ikki tomon o‘rtasida sulhni talab qildi.
Avvalroq Eron Isroil va AQSh barcha jabhalarda sulh kelishuvini buzganini ta’kidlab, Hormuz bo‘g‘ozini kemalar uchun yopganini e’lon qilgan edi.