Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Netanyaxu Britaniya hukumatini «mislsiz ikkiyuzlamachilik»da aybladi

Netanyaxu Britaniya hukumatini «mislsiz ikkiyuzlamachilik»da aybladi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Endi Bernem davrida Buyuk Britaniya «yakkalangan davlat»ga aylanganini aytdi.

Isroil bosh vaziri ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar ham zaiflashayotganini ta’kidladi. Uning fikricha, Britaniya hukumati «o‘z saylovchilariga yoqish uchun barcha chegaralardan o‘tmoqda».

Netanyaxu Britaniya hukumatini Isroil aholi punktlariga qarshi sanksiyalar joriy etgani uchun «mislsiz ikkiyuzlamachilik»da aybladi. Uning aytishicha, Britaniya bosh vaziri Endi Bernem G‘arbiy sohildagi aholi punktlariga qarshi sanksiyalarni Isroil Buyuk Britaniyaga Feyrford harbiy-havo kuchlari bazasida tayyorlanayotgan terakt haqida razvedka ma’lumotlarini taqdim etganidan «deyarli bir kun o‘tib» joriy qilgan.

«Bu mislsiz ikkiyuzlamachilik. Britaniyaga tayyorlanayotgan hujumlar haqida ma’lumot berib, qancha inson hayotini saqlab qolganimizni bilmayman», — dedi Netanyaxu Daily Mail gazetasiga.

«Bu to‘xtatildi. Buning oldi olindi», — deya qo‘shimcha qildi u.

Isroil bosh vazirining ta’kidlashicha, razvedka ma’lumotlari bo‘lmaganida hujum «ehtimol amalga oshirilgan bo‘lardi» va qancha britaniyalik halok bo‘lishi mumkinligini hech kim bilmaydi.

Kiritildi: 14:56 03.10.2026. O'qildi: 974 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!