Bugun 14 may, 2026 yil, payshanba

КИР

Netanyaxu BAAga tashrif buyurganini ma’lum qildi

Netanyaxu BAAga tashrif buyurganini ma’lum qildi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Eronga qarshi mojaro vaqtida maxfiy ravishda Birlashgan Arab Amirliklariga tashrif buyurganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tashrif davomida mamlakat prezidenti Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgan.

«Bu tashrif Isroil va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasidagi munosabatlarda tarixiy burilish bo‘ldi», — dedi bosh vazir.

Hukumat rahbari matbuot xizmatiga ko‘ra, muzokaralar mojaro davridagi muvofiqlashtirish ishlarining bir qismi bo‘lgan. Shuningdek, tashrif ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarda «tarixiy yutuq»ka olib kelgani ta’kidlangan.

Avvalroq amerikalik amaldorlar Isroil Eron bilan urush vaqtida BAAga “Temir gumbaz” havo mudofaa tizimi batareyasi va unga xizmat ko‘rsatuvchi harbiylarni yuborganini tasdiqlagan edi.

Bundan tashqari, manbalarga ko‘ra, Isroil razvedkasi rahbari David Barnea mojaro davomida kamida ikki marta BAAga tashrif buyurib, harakatlarni muvofiqlashtirgan. Tomonlar yirik Eron neft-kimyo ob’ektiga qilingan hujum paytida ham hamkorlik qilgani aytilmoqda.

Isroil va BAA o‘rtasidagi munosabatlar 2020 yilda normallashtirilgan. Shuningdek, 2018 yilda ham Netanyahu mamlakat rahbariyati bilan uchrashish uchun maxfiy tashrif buyurgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Kiritildi: Bugun 09:21. O'qildi: 247 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!