Bugun 16 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Netanyaxu: "AQSh diplomatlari o‘ldirilganidan keyin Isroil diplomatik vakolatxonalarda xavfsizlikni kuchaytiradi"

Netanyaxu: "AQSh diplomatlari o‘ldirilganidan keyin Isroil diplomatik vakolatxonalarda xavfsizlikni kuchaytiradi"

Vashingtondagi Poytaxt yahudiy muzeyida bo‘lib o‘tgan tadbir chog‘ida Isroil elchixonasining ikki xodimi o‘ldirilganidan keyin butun dunyo bo‘ylab Isroil elchixonalarida xavfsizlik choralari kuchaytiriladi.

Bu haqda Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu ma’lum qildi.

"Men Isroilning butun dunyodagi vakolatxonalari va hukumat vakillari uchun xavfsizlik choralarini kuchaytirishni buyurdim", dedi u.

Netanyaxu AQSh prezidenti Donald Tramp va bosh prokuror Pam Bondiga "antisemitizmga nisbatan aniq pozisiyasi uchun" minnatdorchilik bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, muzey yaqinida yuz bergan otishma natijasida Isroil elchixonasining ikki xodimi halok bo‘lgan edi. Gumonlanuvchi qo‘lga olindi.

Kiritildi: 11:50 22.05.2025. O'qildi: 574 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!