Bugun 10 iyun, 2026 yil, chorshanba

КИР

Netanyahu yangi muddatga bosh vazirlikka o‘z nomzodini qo‘ymoqchi

Netanyahu yangi muddatga bosh vazirlikka o‘z nomzodini qo‘ymoqchi


Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu 2026 yilda o‘tkazilishi kutilayotgan parlament saylovlarida qayta nomzodini qo‘yadi. Bu haqda uning “Likud” partiyasi ma’lum qildi, deb yozdi Reuters.

Partiya tarqatgan qisqa bayonotda Netanyahu saylovlarda ishtirok etishi va g‘alaba qozonishiga umid bildirilgan. Isroilda navbatdagi saylovlar hali rasman e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, ular oktyabr oyigacha o‘tkazilishi kerak.

Mazkur bayonot AQSh prezidenti Donald Trampning Netanyahuning siyosiy kelajagi haqidagi izohlaridan so‘ng e’lon qilindi. Tramp jurnalistlarga Netanyahu yana saylovda qatnashadimi yoki yo‘qmi, aniq bilmasligini aytgandi.

Bu saylovlar Isroilda 2023 yil 7 oktyabrda HAMAS uyushtirgan hujumdan keyingi ilk parlament saylovlari bo‘ladi. O‘sha voqealardan so‘ng Isroil G‘azo sektorida harbiy amaliyot boshlagandi.

Netanyahu 2022 yil dekabr oyida hokimiyatga qaytganidan buyon mamlakat ichida ham keskin bahslar markazida qolmoqda. Turli so‘rovnomalar u boshchiligidagi koalisiya navbatdagi saylovlarda parlamentda ko‘pchilik o‘rinlarni qo‘lga kirita olmasligini ko‘rsatmoqda.

Quddusdagi Isroil Demokratiya instituti tomonidan 9 iyun kuni e’lon qilingan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, respondentlarning 61 foizi Netanyahu yana saylovlarda qatnashmasligi kerak deb hisoblaydi. Biroq tahlilchilar muxolifat partiyalar ham mustaqil ravishda parlamentda ko‘pchilikni shakllantira olmasligini qayd etmoqda.

Kiritildi: Bugun 19:24. O'qildi: 281 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!