Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Netanyahu Eronga qarshi urush tugamaganini aytdi

Netanyahu Eronga qarshi urush tugamaganini aytdi

"Urush hali tugagani yo‘q. Eski muammolar qatorida yangilari ham paydo bo‘lmoqda. Biz bu jarayonlarni diqqat bilan kuzatib boryapmiz. Har qanday vaziyatga tayyormiz va bir narsani aniq bilamiz: biz har doim dushmanlarimizdan kuchliroq bo‘lishimiz kerak", — dedi Isroil bosh vaziri.

Shuningdek, Netanyahu Isroil mudofaa byudjetini keskin oshirayotganini ma’lum qildi

"Men kelgusi o‘n yillikda mudofaa byudjetiga yana 350 mlrd shekel (115 mlrd dollar) qo‘shishga qaror qildim. Buning katta qismi Harbiy-havo kuchlariga yo‘naltiriladi.

Ushbu sa’y-harakatlarning bir qismi sifatida, biz o‘z qurollarimizni ishlab chiqaradigan va xorijdan xarid qilishga qaramligimizni kamaytiradigan keng ko‘lamli, Isroil harbiy sanoatini ham barpo etamiz", — dedi u.

Kiritildi: 12:41 10.07.2026. O'qildi: 1175 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!