Bugun 29 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

Nepalda suv toshqini qurbonlari soni 162 nafarga yetdi

Nepalda suv toshqini qurbonlari soni 162 nafarga yetdi

Nepal shimolidagi Rasuva tumani va uning atrofida, Xitoy bilan chegara yaqinida yuz bergan kuchli suv toshqini oqibatida halok bo‘lganlar soni 162 kishiga yetdi.

"The Kathmandu Post" gazetasining xabar berishicha, kuchli suv oqimlari oqizib ketgan odamlarni qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda va qurbonlar soni ortishi mumkin.

Nepal Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va oqibatlarini tugatish milliy boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida ko‘plab aholi punktlari, ma’muriy binolar va xususiy mulklarga jiddiy zarar yetgan.


Kiritildi: 17:16 27.08.2026. O'qildi: 539 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!