Nepalning Xitoy bilan chegarasi yaqinida joylashgan Himlung Himol tog‘ida yuz bergan qor ko‘chkisi oqibatida halok bo‘lganlar soni 15 nafarga yetdi.
Bu haqda "Kathmandu Post" gazetasi xabar berdi.
Rasmiylarning ma’lum qilishicha, halok bo‘lganlar orasida turist alpinistlar uchun tayyorgarlik ishlarini olib borgan nepallik ishchilar va yordamchi guruh a’zolari ham bor.
Mas’ullar so‘nggi bedarak yo‘qolgan shaxsni qidirish ishlari davom etayotganini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Nepalning Xitoy bilan chegarasida joylashgan, balandligi 7 126 metr bo‘lgan tog‘da kuchli yomg‘ir va qor yog‘ishidan so‘ng 27 sentyabr kuni qor ko‘chkisi sodir bo‘lgan edi.
Avvalroq bedarak yo‘qolganlar orasida alpinistlar va yordamchi guruh a’zolari borligi ma’lum qilingan.