Bugun 28 avgust, 2026 yil, juma

КИР

Nepalda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda

Nepalda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda

Nepalning shimoliy hududlarida yuz bergan suv toshqini oqibatida 469 kishi halok bo‘ldi.

Bu haqda Nepal polisiyasi ma’lum qildi.

«469 kishining jasadi topildi, 1 545 kishi jarohatlangan holda qutqarildi», — deyiladi huquqni muhofaza qiluvchi organlarning so‘nggi hisobotida.

Hududda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Operasiyaga armiya, Qurolli polisiya kuchlari va Nepal polisiyasining jami 13 295 nafar xodimi jalb qilingan. Qutqaruvchilar vayronalarni tozalab, odamlarni tuproq va xarobalar ostidan olib chiqmoqda.

Nepal bosh vaziri Balendra Shah vaziyat hamon murakkabligicha qolayotganini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat uchun asosiy ustuvor vazifalar odamlarni qutqarish, bedarak yo‘qolganlarni izlash, jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish va tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan oilalarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Kiritildi: Bugun 09:59. O'qildi: 196 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!