Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Neonasistlar Odessadagi masjidga o‘t qo‘ymoqchi bo‘ldi

Neonasistlar Odessadagi masjidga o‘t qo‘ymoqchi bo‘ldi

Ukraina xavfsizlik xizmati 26 iyun – Qrim tatar bayrog‘i kuni arafasida Odessadagi masjidga o‘t qo‘yishga uringan shaxslarni qo‘lga oldi.  

Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, ikki neonasist Ukrainadagi vaziyatni beqarorlashtirmoqchi bo‘lgan. Ular Rossiya maxsus xizmatlariga aloqador bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. 

Ma’lum bo‘lishicha, qo‘lga olinganlardan biri Rossiyada uzoq vaqt yashab, yaqinda Ukrainaga qaytgan. Neonasistlardan o‘t qo‘yish uchun vositalar, mobil terminallar va terakt rejasi ko‘rsatilgan qaydlar olib qo‘yildi. 

Bu guruhning yana bir a’zosi o‘tgan hafta qo‘lga olingan edi. Guruh a’zolari etnik va madaniy genosidni targ‘ib qiluvchi avstraliyalik terrorchi Brenton Tarrantning izdoshlaridir. 

Kiritildi: 04:00 28.06.2020. O'qildi: 2404 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!