Bugun 3 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Nega Starmer Eronga zarbalarda yordam berishni istamadi?

Nega Starmer Eronga zarbalarda yordam berishni istamadi?

AQSh prezidenti Donald Tramp Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmerni Eronga qarshi zarbalar masalasida qo‘llab-quvvatlamaganlikda tanqid qildi.

Sun nashri jurnalistlari bilan telefon orqali suhbatda Tramp:
💬 «Buyuk Britaniyadan bunday yondashuvni kutmagandim. Munosabatlar avvalgidek emasligini ko‘rish juda alamli», 💬 — dedi.

Dushanba kuni Starmer parlamentda chiqish qilib, uning hukumati «havo zarbalari orqali rejim almashtirish mumkinligiga ishonmasligini» ma’lum qilgan edi.

Britaniya hukumati dastlab AQShga o‘z harbiy bazalaridan Eronga qarshi hujumlar uchun foydalanishga ruxsat bermagan. Keyinchalik esa «mudofaa xarakteridagi» zarbalarda ishtirok etish ehtimolini istisno qilmagan.

Ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, Starmer xalqaro huquq nuqtai nazaridan Eronga zarba berish uchun yetarli asos ko‘rmagan.

Sun nashriga bergan intervyusida Tramp Fransiya pozisiyasini ham maqtadi:
💬 «Fransiya juda yaxshi yo‘l tutdi. Hamma ajoyib edi. Lekin Buyuk Britaniya boshqalardan ancha farq qildi», 💬 — dedi AQSh prezidenti.

Kiritildi: Bugun 17:30. O'qildi: 732 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!