Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Nega Alloh mahrni «haq» deb nomlagan?

Nega Alloh mahrni «haq» deb nomlagan?

— Alloh taolo Niso surasining 24-oyatida “Ular bilan (nikoh orqali) yaqinlik qilishingiz bilanoq, belgilangan haqlarini (mahrlarini) beringiz” deb marhahat qilgan. Bu o‘rinda ayolning mahrini “haq” deyilishiga e’tibor qaratdim.

Nima, ayol oilaviy hayot uchun erkak tomonidan ijaraga olinib, so‘ng haqi to‘lanadigan shaxsmi?

— Mahr erning bo‘ynidagi ayolga berishi vojib bo‘lgan sovg‘adir. Alloh Niso surasining 4-oyatida bunday marhamat qiladi: “Xotinlarga mahrlarini mamnunlik bilan beringiz!”.(Niso, 4)

Er ayolidan manfaat ola boshlagan chog‘ida xotin bosh tortsa yoki erga qarshilik qilib, o‘ziga yaqinlashtirmasa, mahrga haqli bo‘lmasligini anglashi uchun Alloh uni (mahrni) “haq” deb ta’bir qildi.

Hadisda ham “erkakning ayoldan foydalanish haqi” degan ta’bir kelgan.

 

Muhammad Said Ramazon Butiy

Kiritildi: 16:56 22.09.2019. O'qildi: 2985 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!