Nashrning xabar berishicha, eng yirik toifadagi yangi va zamonaviy tankerlar narxi 130 million dollardan oshib ketdi. Bu 2008 yilgi jahon moliyaviy inqirozidan beri kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Qayd etilishicha, Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi kemalarga qilingan hujumlarga qaramay, Fors ko‘rfazida to‘planib qolgan neftni olib chiqishga urinishlar fonida tankerlarga talab ortib bormoqda.