Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Nazarboyev Qozog‘iston xalq artisti bilan qo‘shiq kuyladi

Nazarboyev Qozog‘iston xalq artisti bilan qo‘shiq kuyladi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 1 noyabr kuni xalq artisti Alibek Dnishev bilan uchrashdi.

Oqo‘rda matbuot xizmati xabar berishicha, davlat rahbari A. Dnishovning Qozog‘iston madaniyati va san’atini rivojlantirishdagi o‘rni hamda xizmati alohida ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, xalq artisti - Ostona va butun mustaqil Qozog‘istonning shakllanishi jarayoniga guvoh va faol ishtirokchisi sanaladi, deb yozmoqda Kun nashri.

N. Nazarboyev A. Dishevni «Ostona opera» teatri sahnasida poytaxtning 20 yilligini nishonlashga bag‘ishlangan konsert dasturi muvaffaqiyatli tarzda o‘tkazilgani bilan tabrikladi.

O‘z navbatida, xalq artisti ijodiy sohada amalga oshirilayotgan siyosat va san’at arboblari davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgani uchun prezidentga minnatdorlik bildirdi.

Uchrashuv oxirida ular «Men seni sevaman, ona vatanim» qo‘shig‘idan parchani birgalikda ijro etishdi.

Kiritildi: 15:57 02.11.2018. O'qildi: 1832 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!