5 mart kuni Ozarbayjonning Naxichevan Muxtor Respublikasi hududiga dronlar bilan hujum amalga oshirildi.
Ma’lum qilinishicha, dronlar Eron hududidan uchirilgan. Ulardan biri Naxichevan xalqaro aeroporti terminal binosiga, ikkinchisi esa Bobek tumani Shekerabad qishlog‘idagi maktab binosi yaqiniga tushib portlagan.
Hodisa oqibatida aeroport binosiga zarar yetgan, ikki nafar tinch aholi vakili jarohat olgan.
Voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar va tez tibbiy yordam guruhlari jalb qilingan.
Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi ushbu hujumni qat’iy qoralab, uni xalqaro huquq normalariga zid deb baholadi. Shu munosabat bilan Eronning Ozarbayjondagi elchisi Mujtaba Darmichelu vazirlikka chaqirilgan.
Boku Tehrondan hodisa bo‘yicha izoh berish va bunday holatlar takrorlanmasligi uchun tezkor choralar ko‘rishni talab qildi. Ozarbayjon tomoni esa zarur javob choralarini ko‘rish huquqini saqlab qolishini ma’lum qildi.