Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

«Navro‘z» to‘yxonasi poydevori 27 sm qiyshayganmidi? Qurilish vazirligi holat bo‘yicha bayonot berdi

«Navro‘z» to‘yxonasi poydevori 27 sm qiyshayganmidi? Qurilish vazirligi holat bo‘yicha bayonot berdi

Qurilish vazirligi Toshkent shahridagi «Navro‘z» qabullar uyining buzilishi bo‘yicha bayonot berdi. Vazirlik xabariga ko‘ra, «Navro‘z» kompleksini ham zamonaviy shaharsozlik va arxitektura talablari asosida rekonstruksiya qilish maqsadida batafsil texnik ko‘rikdan o‘tkazilgan.

«Navro‘z» kompleksi 1980 yillarda o‘sha davrning texnik reglamentlari, shaharsozlik talablari hamda qurilish normalari va qoidalariga muvofiq qurilgan.

Texnik ko‘rik natijalariga ko‘ra:

- bino poydevori ostiga uzoq yillar davomida namlik o‘tganligi sababli 27 smga qiyshaygan;

- asosiy yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarning mavjud holati ularda katta hajmdagi kuchaytirish ishlarini amalga oshirishni taqozo qiladi;

- yong‘in xavfsizligini ta’minlash va energiya tejamkorligini oshirish choralarini ko‘rish talab qilinadi.

Qayd etilgan tadbirlarni amalga oshirish hisob-kitoblarga ko‘ra katta mablag‘larni talab qilmoqda va iqtisodiy nuqtai nazardan maqsadga muvofiq emasligi ko‘rindi.

Shu sababli:

- aholi xavfsizligi;

- konstruktiv mustahkamligi va barqarorligi;

- seysmik xavfsizligi va mustahkamligi;

- yong‘in xavfsizligi;

- salomatlik va atrof-muhit muhofazasini;

- imkoniyatlari cheklangan shaxslarning foydalanishi mumkinligini hisobga olgan holda

Qayd qilinishicha, «Navro‘z» kompleksi o‘rnida barcha texnik va zamonaviy qurilish talablariga javob beradigan yangi inshoot ya’ni kutubxona barpo etilishi maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki oxirgi yillarda «Navro‘z» majmuasi texnik jihatdan talabga javob bermaganligi inobatga olinib, faoliyati to‘xtatilgan edi.

Kiritildi: 10:05 11.04.2021. O'qildi: 2706 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!