Bugun 10 may, 2024 yil, juma

КИР

Navoiyda o‘g‘irlik! Tarjimon jinoyatchi ekan

Navoiyda o‘g‘irlik! Tarjimon jinoyatchi ekan

2019 yil 22 aprel kuni Navoiy shahridagi Rongya nomli qo‘shma korxona rahbari IIBga murojaat qilib, shu yil 21 aprel kuni soat 08:00dan 17:00gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs uning vaqtincha ijarada yashab kelayotgan uyiga kalit tanlash yo‘li bilan kirib, u yerdan 104 mln. so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Toshkent shahar Shayxontohur tumani O‘zgarish ko‘chasida ro‘yxatda turib, vaqtincha Navoiy shahar Lomonosov ko‘chasida yashovchi, yuqoridagi qo‘shma korxona tarjimoni, 23 yoshli K.A. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 15:40 24.04.2019. O'qildi: 1775 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!