Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Navoiyda sayyor qabul tashkil etildi

A A A
Navoiyda sayyor qabul tashkil etildi

Navoiy viloyati Tomdi tumani “Keriz”, "Keregitau" ovul fuqarolar yig‘inida sayyor qabul tashkil etildi. 

Unda Jinoyat ishlari buyicha Tomdi tumani sudi raisi D.Ergasheva hamda fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarafshon tumanlararo sudi sudyasi L.Sharipovalar ishtirok etib, fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qildi. 

Uchrashuvda jinoyat sudi raisi D.Ergasheva tomonidan respublikamizda sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlash, professional sud korpusini tashkil qilish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Shuningdek qabulda aholining sud-huquq sohasidagi muammolari eshitilib, ularni joyida hal etish choralari ko‘rildi, huquqiy tushuntirish berildi.

Bundan tashqari, fuqarolarga oila qonunchiligi, nikohni rasmiylashtirish asoslari, voyaga yetmaganlar ta’minoti hamda aliment to‘lovlarini undirish bilan bog‘liq masalalarda tushuntirish berib o‘tildi.

Murojaatchilar o‘zlarining muammolari bo‘yicha tegishli huquqiy yordam oldilar va sayyor qabul o‘zlari yashayotgan hududda tashkil etilganidan minnatdorlik izhor etdilar.

N.J.Barakayeva,  Jinoyat ishlari bo‘yicha Tomdi tuman arxivariusi

Kiritildi: 10:42 03.11.2020. O'qildi: 2020 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik