Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Navoiyda mahkumlar muddatidan avval ozod qilindi

A A A
Navoiyda mahkumlar muddatidan avval ozod qilindi

Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning bevosita tashabbuslari bilan barcha sohalar kabi, sud-huquq sohasida ham izchillik bilan islohotlar amalga oshirib kelinmoqda.
Xususan, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasining ikkinchi ustuvor yo‘nalishida qonun ustuvorligini ta’minlash va sud huquq tizimini yanada isloh qilishga yo‘naltirilgan sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik qonunchiligini, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samarasini oshirish, sud jarayonida tortishuv tamoyilini to‘laqonli joriy etish, yuridik yordam va huquqiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash nazarda tutilgan.
Prezidentimizning tashabbuslari bilan, ular tomonidan berilgan topshiriqning ijrosini ta’minlash maqsadida, 2020 yil 23 aprel kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudining sudyasi S.M.Boltayev raisligida Navoiy shahar 11-son jazoni ijro etish koloniyasida insonparvarlik dalolatnomalari bilan bog‘liq ishlarni ko‘rib chiqdi.
Jumladan, ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tayotgan 2 nafar mahkumga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 73-moddasiga asosan o‘talmay qolgan jazosini muddatidan ilgari shartli ozod qilish, 4 nafar mahkumga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 74-moddasiga asosan o‘talmay qolgan jazosini yengilrog‘i bilan almashtirilib, jazoni ijro etish koloniyasidan ozod qilindi.
Bundan tashqari, sud tomonidan mazkur jazoni ijro etish koloniyasida jazoni o‘tayotgan 31 nafar mahkumlarga oid insonparvarlik dalolatnomasi qo‘llash to‘g‘risida ishlar ko‘rilib, ichki tartib qoidalarga to‘liq rioya qilgan, jazoni o‘tash davrida intizomiy jazoga tortilmagan, jamoat ishlarida faol ishtirok etgan, o‘z qilmishini tushunib yetgan mahkumlarni O‘zbekiston Respublikasi JIKning 113-moddasiga asosan o‘talmay qolgan jazosini yengil tartibli, ya’ni manzil koloniyalariga o‘tkazildi.

Kiritildi: 19:18 23.04.2020. O'qildi: 3714 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik