Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Navoiyda ishlab chiqariladigan yangi smartfon “Artel” monopoliyasiga barham beradimi?

Navoiyda ishlab chiqariladigan yangi smartfon “Artel” monopoliyasiga barham beradimi?

Navoiyda “Telekom Devices PRO” MCHJ milliy ruhda dasturlashtirilgan “O‘zbekiston” smartfonlarini ishlab chiqardi.

“O‘zbekiston” smartfoniga hatto O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari ham yuklangan. Shuningdek, smartfonga klassik va zamonaviy o‘zbek adabiyotining nodir namunalari jamlanmasi, radioinssenerovkalar, 100 dan ortiq o‘zbek kuy va qo‘shiqlari , shuningdek, yurtimizning eng diqqatga sazovor go‘shalari tasviri tushirilgan foto-albomlar yuklangan. 

Bundan tashqari, “O‘zbekiston” smartfoniga “Hukumat” dasturi ham kiritilgan bo‘lib, dasturga barcha vazirliklar, to‘rt hokimiyat tizimi ishonch telefonlari joylashtirilgan. Telefon raqamlar o‘zgarishi bilan bog‘liq hollarda dastur avtomatik tarzda yangi raqamlarni kiritish xususiyatiga ham ega.

Ekran foni uchun yurtimiz tabiatiga oid suratlar jamlanmasi joylashtirilgan bo‘lsa, chaqiruv qo‘ng‘iroqlari va uyg‘otuvchi ohanglar uchun ham o‘zbek musiqa san’ati namunalaridan foydalanilgan. 

Yaqin kunlargacha, O‘zbekiston milliy smartfonlar bozorida “Artel” yagona mahsulot edi. 

Kiritildi: 17:59 15.12.2020. O'qildi: 4036 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!