Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Navoiyda IIB xodimi do‘pposlandi

Navoiyda IIB xodimi do‘pposlandi

Navoiy viloyatida IIB xodimiga nisbatan jinoyat sodir etildi. Bu haqda Bosh prokuratura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov xabar berdi, deb yozadi "Kun" nashri.

Qayd etilishicha, Xatirchi tumani IIB HPB profilaktika inspektori O‘.X. (1991 y.t.) boshqaruvidagi "Matiz" rusumli avtomashinada piyodalar o‘tish yo‘lagida piyodalarni o‘tkazib yuborish uchun to‘xtab turgan vaqtida, uning orqasida fuqaro A.O‘. (1990 y.t.) "Matiz" rusumli avtomashinada to‘xtagan.

A.O‘. profilaktika inspektori O‘.X uning yo‘lini to‘sib turganligini vaj qilib, uni urib-do‘pposlab, tan jarohati yetkazgan hamda O‘.X.ning qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, faol qarshilik ko‘rsatib, o‘z avtomashinasini harakatini davom ettirishi natijasida, uning o‘ng oyog‘ini bosib o‘tgan. 

Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 10 oktyabr kuni Xatirchi tumani prokuraturasi tomonidan A.O‘.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) 3-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Tergov harakatlari davom etmoqda, deyiladi ma’lumotda.

Kiritildi: 11:29 11.10.2019. O'qildi: 2010 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!